Xitoy bojxona xodimlari Hongkongdan Şençjen şahriga noqonuniy yöl bilan 1000 ta olmosni olib ötişga uringan yigitni qölga olişdi. Bu haqida "Sinxua" agentligi xabar berdi.
Manbaga köra, 13 mart kuni Şençjen bojxona xodimlari kontrabandada gumon qilinayotgan yigitning poyabzali patagi ostidan 212,9 karatli olmoslarni topişgan. Gumondor qimmatbaho toşlarni Hongkongni Xitoy şaharlari bilan boğlaydigan Luxo porti orqali olib ötmoqçi bölgan.
"Yigit şubhali körindi, u vaqti-vaqti bilan oyoqlari uçiga turib olardi. Bizning qarayotganimizni sezganidan keyin töğri yura boşladi", - deydi bojxona xodimlaridan biri.
Bojxona xodimlari yigitdan poyabzalni yeçişni söraşdi va poyabzal patagidan olmoslar solingan bir neça paketni topişdi.
Mazkur iş yuzasidan tergov yölga qöyilgan.












