Samsung kompyuterlari işonçlilik böyiça boşqa kompaniyalarnikidan ustunroq ekanligi aniqlandi. Bunday ma'lumotlar Rescuecom kompaniyasi reytingida keltirilgan. 

Kompaniya AQŞda kompyuter texnikasiga servis xizmati körsatiş bilan şuğullanadi. Mutaxassislarning ta'kidlaşiça, 2017 yilda Samsung texnikasi bu borada Apple kompyuterlaridan ortda qolib, köproq ta'mirlangan. 

Biroq 2018 yilda vaziyat özgarib, Samsung AQŞ kompyuter bozorining 6,4 foizini egallaşga erişgan. Apple’ga esa bozorning 12,7 foizi tegişli. Samsung texnikasini 1,63 foiz holatlarda, Apple’nikini esa 8,7 foiz holatlarda ta'mirlaşga töğri kelgan. 

Ta'kidlaş joizki, Apple reytingning 2-poğonasini ham egallay olmagan. Uning texnikasi Lenovönikidan (5,9 foiz holatlarda) ham köproq marta ta'mirlangan. Reytingning 4- va 5-poğonalarini esa Dell va Microsoft kompyuterlari egallagan.

Rescuecom işonçlilik borasida HP, Acer va Asus kompyuterlarini eng yomonlari deb topgan. Mutaxassislarning fikriça, bu işlab çiqaruvçilar arzon butlovçi qismlar qöllaşadi, bu esa bir qator holatlarda kompyuterni ta'mirlaşdan köra yangi texnikani sotib olişni ma'qulroq qiladi.