United Airlines aviakompaniyasi öz samolyotlarining butun dunyo böylab parvozlarini vaqtinçalik töxtatib qöydi. Bunga kompyuter tizimidagi nosozliklar sabab bölgan. Bu haqida aviakompaniyaning Twitter'dagi sahifasida ma'lum qilindi. 

"Payşanba kuni keçqurun kompyuter tizimimiz işdan çiqdi, bu reyslarning vaqtinçalik töxtatib turilişiga sabab böldi. Biz muammoni hal qildik va yölovçilarni imkon qadar tezroq belgilangan joyga yetkaziş ustida işlayapmiz", - deyiladi kompaniyaning Twitter'dagi sahifasida.

Yölovçilarning sözlariga köra, reyslar bir neça soatga uşlanib qolgani tufayli ular samolyot borti hamda aeroportlarning kutiş zallarida vaqt ötkazişga majbur bölişgan. 

Aviakompaniyada tizimdagi nosozlikni mahalliy vaqt bilan tungi soat 3larda bartaraf etişga muvaffaq bölingani haqida xabar qilişdi. 

Bu United Airlines kompyuter tizimining sönggi bir neça oy içida uçinçi marta işdan çiqişidir. Bunday holatlar jahonning boşqa yirik aviakompaniyalari tizimida ham kuzatiladi.