Afğonistonlik marşal Abduraşid Döstum sobiq afğon armiyasi samolyotlari va vertolyotlarini «Tolibon»ga qarşi kuraşayotgan Milliy qarşilik fronti (MQF) kuçlariga berişga çaqirdi. Hozir bu texnikalar Tojikiston va Özbekiston qaramoğida bölib turibdi. Bu haqda Khaama Press xabar berdi. 

Afğoniston sobiq vitse-prezidenti sözlariga köra, mamlakat sobiq qurolli kuçlariga tegişli qirqqa yaqin harbiy vertolyotlar bir vaqtlar Özbekiston va Tojikiston hududiga yuborilgan. 

Şu bilan birga, Döstum muxolifat kuçlarini birlaşişga çaqirdi, çunki uning fikriça, «Tolibon» rejimi hukmronligi uzoq davom etmaydi. 

2022 yil yanvarida Afğonistonda hokimiyatni qölga kiritgan «Tolibon» radikal harakati «mamlakatdan öğirlab ketilgan samolyot va vertolyotlarni» Tojikiston va Özbekistondan qaytarişni talab qilgan edi. 

Gap «Tolibon» Kobulni qölga kiritgan paytda ba’zi afğon harbiy uçuvçilari tomonidan Tojikiston va Özbekiston hududiga olib qoçilgan vertolyotlar va harbiy samolyotlar haqida ketmoqda. Avvalroq bu harbiy texnikalar AQŞ harbiy-havo kuçlari tomonidan Afğonistonning sobiq hukumatiga sovğa qilingan edi. 

Jumladan, Politico naşrining yozişiça, 2021 yilda Afğoniston Harbiy-havo kuçlari uçuvçilari Özbekiston va Tojikistonga havo harbiy texnikasining qariyb 25 foizini, jumladan bir neçta UH-60 Black Hawk, Mi-17, Mi-25 vertolyoti, şuningdek, A-29 yengil turboparrakli qiruvçi samolyoti va S-208 turboparrakli samolyotini olib qoçişgan edi. 

«Tolibon» harakati uşbu harbiy texnikalarni qaytarib berişni Tojikiston va Özbekistondan bir neça marotaba talab qilgan. 

2022 yil aprel oyida özbek rasmiylari samolyot va vertolyotlar «Tolibon»ga berilmasligini ma’lum qildi. Özbekistonning Afğoniston böyiça maxsus vakili Ismatulla Ergaşev harbiy texnikalar AQŞ hukumatiga tegişli ekanini va Özbekistonda Vaşington bilan hamkorlikda saqlanişini aytgan edi. 

2022 yil iyun oyida AQŞ Markaziy qömondonligi generali Maykl Kurilya Tojikistonga taşrifi davomida uşbu harbiy texnikalar qaytarib berilmasligini aytdi. 

Avvalroq, Brukings instituti (AQŞ) tadqiqot ötkazib, Afğon Milliy qarşilik fronti kuçsiz ekanini, «Tolibon» rejimi uçun heç qanday xavf sola olmasligini ma’lum qilgan edi.