Afğonistonning Faryob viloyatida mamlakat qurolli kuçlari xalqaro koalitsiya bilan birgalikda “Tolibon” harakatining 60 dan köproq jangarisini yöq qildi. Bu haqda “Interfaks” axborot agentligi xabar berdi.   

“Afğoniston harbiy-havo kuçlari kömagida ötkazilgan quruqlikdagi operatsiya natijasida Faryob viloyatining Qaysar uyezdidagi Şoh-Gurada “Tolibon”ning 61 jangarisi öldirildi”, deb ma'lum qilgan viloyat politsiyasi matbuot markazi boşliği Abdulkarim Yuriş.    

Uning ta'kidlaşiça, 3 jangari qölga olingan. Yöq qilingan jangarilar orasida Afğoniston şimolidagi 5 ta viloyatda jangarilarning moliyalaştirilişi uçun javobgar bölgan hamda Qaysar uyezdida toliblar ma'muriyatining boşliği hisoblangan Mavlavi Gandam Ali bor bölgan.

Yurişning qöşimça qilişiça, oxirgi oyda Afğoniston va koalitsiya kuçlari Faryob hududida jangarilarning pozitsiyalariga 12 tadan köproq zarba bergan, toliblarning 8 dan köproq bazasi va 80 ta transport vositasi yöq qilingan.