IŞID terrorçi-xudkuşi Mösul şahridan şarqroqda iroqlik harbiylar kolonnasiga hujum qildi, deb xabar bermoqda Firat kurd agentligi.

Agentlik ma'lumotlariga köra, hujum Mösuldan şarqda joylaşgan Ğiyor degan joydagi Bilavet qişloği yaqinida, kolonna şaharga bostirib kirayotganda sodir etilgan. Oqibatda 70 ga yaqin harbiy halok bölgan.

17 oktabrda iroqlik harbiylar va kurd mudofaa kuçlari AQŞ boşçiligidagi koalitsiya kömagida Mösulni ozod qiliş operatsiyasini boşlaşdi. Ma'lum qilinişiça, hujumda 80 mingga yaqin odam iştirok etmoqda. Ular bir neça ming jangariga qarşi kuraşmoqdalar.

Iroq Kurdistoni prezidenti Mas'ud Barzaniy "peşmerg" kurd kuçlari Iroq armiyasi bilan birgalikda markazi Mösul hisoblanadigan Naynovo viloyatida 200 kvadrat kilometr hududni ozod qilişga muvaffaq bölganlarini ma'lum qilgan.