SAIPRO axborot reyting agentligi Forum taşkilotçisi bölib, tadbir Özbekiston Respublikasi elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi rasmiy kömagida ötkazilmoqda.
Tadbir boş homiysi - "Huawei Tech Investment Tashkent" MÇJ XK, homiylar qatorida “Özbekiston kabel televideniyesi” va “ZÖR TV” telekanali bor. Tadbirning telekommunikatsiya hamkori - «UMS» mobil aloqa operatori. «UZREPORT TV» telekanali mazkur forum boş axborot hamkori böldi.
Forumning boş vazifasi mass-media bozori turli iştirokçilarining özaro hamkorlik qiliş masalalarini muhokama qiliş uçun interaktiv maydonni yaratiş, media-kontentni şakllantiriş va yetkazişga innovatsiya texnologiyalarini joriy etişga yordam beriş, şuningdek, reklama va marketing strategiyalari va mamlakat mediabozorini rivojlantiriş sohasida tajriba va ğoyalarni almaşişga yordam berişdir.
Tadbirning asosiy auditoriyasini teleradiokompaniyalar va boşqa media kompaniyalar, reklama va kreativ agentliklar, kabel, raqamli va yöldoş operatorlari, telekommunikatsiya jihozlari va dasturiy ta'minotni işlab çiqaruvçilarning rahbarlari va yetakçi mutaxassislari, media-kontent prodyuserlari va distribyutorlari, şuningdek, tovarlar va xizmatlarning işlab çiqaruvçi kompaniyalarning marketing, reklama va jamoatçilik bilan aloqalar böyiça TOP-menedjyerlaridan iborat.
Tadbirda iştirok etiş uçun mamlakatimiz media tuzilmalari rahbarlari bilan birga tele- va radioeşittiriş, “digital” va boşqa media sohasidagi xalqaro nufuzli professional ekspertlar, reklama, marketing, IT va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi mutaxassislar ham jalb etilgan. Ular orasida «Discovery Communications» (Germaniya), «Fremantle Media», «Thompson Reuters» (Buyuk Britaniya), «Huawei» (Xitoy), «Gazprom-Media Razvlekatelnoye televideniye», «Soft-Lab NSK», «Moskovskiy Teleport», «Sony Electronics» (Rossiya), «Saran Media» (Malta), «Live U» (Isroil), «TNS Central Asia» (Qozoğiston), «Dentsu Inc.» (Yaponiya) va boşqa köplab kompaniyalarning vakillari bor.
Forum doirasida mass-media, reklama va marketing bozoridagi rivojlanişda birinçi darajali ahamiyatga ega bölgan mavzular, şu jumladan, jahon va mamlakatdagi media sanoatning rivojlaniş istiqbollari; media-kontentni şakllantiriş va yetkaziş sohasidagi innovatsiyalar; teleauditoriyani ölçaşdagi xususiyatlar; reklama va marketing strategiyalarining asosiy trendlari; media agentliklarining bugungi kun voqeligida işlaş istiqbollari va boşqa masalalarning muhokama qilinişi rejalaştirilgan.
Forum qatnaşçilarini noyob kinonamoyiş kutmoqda! Jahon reklamasi durdonalari - Jan Mari Bursikoning maşhur kolleksiyasidan örin egallab olgan Yer kurrasining barça burçaklaridan olingan ajoyib roliklar “Reklama şinavandalari tuni” (Noç pojirateley reklamy) loyihasining taşkilotçilari tomonidan maxsus havola etiladi.















