Jahon | 09:48 / 20.10.2016
7402
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniya armiyasi irqchilikda ayblandi

Foto: Twitter/Crimes of Britain

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari tvitterda hazillashgan britan armiyasi SMM-chilarini (brendni ijtimoiy tarmoqlarda ilgari suruvchilar)  irqchilikda aybladilar.

19 oktabrda harbiylarning tvitterdagi profilida "Junglilarda bo‘lganda, askar sog‘lom hazil hissiga ega bo‘lishi kerak" degan post paydo bo‘lgan. Ushbu postga qora narsa bilan yuzi bo‘yalgan jangchi surati ilova qilingan. Internet-foydalanuvchilar bu yozuvda hech qanday kulgili narsa topishmadi, boz ustiga uni askarning qora yuzi sababli irqchilik bildirilgan post deb topishdi.

"Britaniya armiyasi o‘zining asl qiyofasini ko‘rsatmoqda: EDL ("Ingliz mudofaasi ligasi", radikal tashkilot), nasitsstlarga xos ko‘rishishlar va zarg‘aldoq ordenlarni", deb yozildi Crimes of Britain akkauntida. 

"Mening yaqinlarim qo‘shinlarda xizmat qiladi va men hech qachon ularda bunday hazil hissini ko‘rmagandim", deb aytdi bir foydalanuvchi. "Oq kurtka – agar siz qurollangan irqchilar orasidan o‘tmoqchi bo‘lsangiz samarasiz kamuflyajdir", deb kinoya qilib o‘tgan yana bir foydalanuvchi. Yana birlar bu postni chop etgan harbiy ishidan bo‘shatilishini taxmin qilishgan.

Norozilik postlari chop etila boshlangandan 3 soat o‘tib mojaroga sabab bo‘lgan yozuv o‘chirib tashlandi. Armiya vakilining ma'lum qilishicha, suratda soldat Beliz junglilaridagi mashg‘ulotlarda ishlatiladigan kamuflyajda tasvirlangan. "Tvit noto‘g‘ri talqin qilingan va shu sababli darhol o‘chirib tashlangan. Biz bu voqea uchun uzr so‘raymiz", deb aytgan armiya vakili.

Mavzuga oid