Suriyada "gumanitar tanaffus" böyiça kelişuv doirasida Damaşq şahri atrofidagi Muadamiya şahridan 1710 kişi çiqib, Idlibga yöl oldi. RIA Novostining şahardagi manbasiga asoslanib xabar qilişiça, ular qurolsiz hamda yarador 800 nafar jangari hamda ularning oilalaridir.

Damaşqning janubi-şarqidagi bu şahar Suriya armiyasi qamalida qolgan. Şahar ma'muriyati hukumat vakillari bilan öt oçişni vaqtinçalik töxtatiş böyiça kelişuvga erişgandi.

"Muadamiyadan jangarilarni olib çiqiş jarayoni bugun yakunlandi. Şahardan jami 1710 kişi çiqib ketdi, şundan 800 nafari jangarilar. Şuningdek, 395 ayol hamda 515 nafar bola", degan manba.

Şahar politsiyasi ma'lumotiga köra, keyingi 2 kun davomida şaharda osoyiştalik hukm surib, davlat muassasalari xodimlari odatiy işlariga kirişadi.

Bundan oldinroq, Damaşq yaqinidagi boşqa bir şaharda, Darayyada va Homs şahrining şimolida yarador va qurolsiz jangarilarning hududlarni tark etişiga yöl qöyilgandi.

Şuningdek, Halabning şarqiy kvartallaridan qurolsiz jangarilarning ilk guruhlari çiqişi kuzatilgan.