Şveytsariyaning RJ-Romain Jerome kompaniyasi Pokemon mediamahsulotining 20 yilligiga bağişlab soat taqdim etdi. Model eng taniqli «çöntak maxluqlar»dan biri — Pikaçuga atab yaratilgan. Bu haqda Highsnobiety xabar berdi.
Soat korpusi qora DLC qoplamali titandan tayyorlangan bölib, tasma esa vulkanizatsiya qilingan plastikdan yasalgan. Model çeklangan adadda, 20 nusxada işlab çiqarildi. Narxi — 20 ming dollar.
RJ-Romain Jerome kompaniyasiga 2004 yilda asos solingan. Boş idora Jyenevada joylaşgan bölib, mazkur marka ostida Berlin ustunining qulaşi, Meksikaning öliklar kuni va Islandiyaning Eyyafyadlayyokyudl vulqoni şarafiga soatlar işlab çiqarilgan.
Kompaniyaning yana yangi maşulotlaridan biri — maşhur ommaviy videoöyin Super Mario Bros'ga bağişlangan soat. Model korpusi qora rangda bölib, soat qobiği esa 8 bitli Mario surati va qahramonni öyinda kattalaşişiga yordam beruvçi olovrang qöziqorin bilan bezalgan.

















