«Özneftmahsulot» aksionerlik kompaniyasi tomonidan Toşkent şahrida benzin taqçilligi yuzaga kelgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi.
Kompaniya saytida oktabr oyining ikkinçi yarmida Toşkentdagi ayrim avtomobillarga yonilği quyiş şoxobçalarida avtobenzinga navbatlar kuzatilgani tan olingan va bunday vaziyat mijozlarning haqli e'tirozlariga sabab bölayotgani aytib ötilgan.
Kompaniya mutasaddilari ma'lum qilişiça, benzin taqçilligi bilan boğliq noxuş körinişlar «Özneftmahsulot» AKga boğliq bölmagan quyidagi omillar ölaroq yuzaga kelmoqda:
- birinçidan, şahrimizga viloyatlardan qatnayotgan köpçilik avtomobillar egalari çayqovçilik niyatida turli yöllar bilan keragidan ortiqça miqdorda avtobenzin olib çiqib ketişmoqda. Bunday holatning oldini oliş maqsadida kompaniyamiz tomonidan “Özdavneftgazinspeksiya” va tegişli huquqni muhofaza qiliş organlari bilan birga profilaktika çora-tadbirlari amalga oşirilmoqda;
- ikkinçidan, ayrim şov-şuv işqibozlari tomonidan aholi orasida - “bundan keyin AYoQŞlarda avtobenzin kamayib ketar ekan”, – degan umuman örinsiz xabarning tarqatilayotgani. Bu xususda “Özneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi şuni işontirib bayon qiladiki, yurtimizdagi neftni qayta işlaş zavodlari yonilği mahsulotlarini yetarli işlab çiqarmoqda va bundan buyon AYoQŞlarga nafaqat belgilangan miqdorda, balki unga qöşimça miqdorda ham avtobenzin yetkazib beriş rejalaştirilmoqda;
- uçinçidan, şuni ta'kidlaş lozimki, yuqorida bayon etilgan şov-şuvlarga uçgan avtomobil egalari avtobenzinni keragidan ortiqda xarid qilib, ğamlab olişga harakat qilişmoqda. Xususan, ayrim avtomobil egalari öz uylari yoki garajlarida avtobenzinni zaxira qilib qöyişga kirişişgan. Kezi kelganda şuni alohida qayd etiş kerakki, xavfli yonilği mahsulotlarining maxsus moslaştirilmagan joylarda saqlanişi köngilsiz voqealarga olib kelişi mumkin;
- törtinçidan, statistik ma'lumotlardan körinib turganidek, bunga avtomobillar sonining yildan-yilga köpayib borayotganligi ham muhim omillardan biri bölib xizmat qilmoqdaki, mazkur holat, öz navbatida, avtobenzin iste'molining borgan sayin ortib borişiga olib kelmoqda, biroq kompaniyamiz tomonidan avtobenzin işlab çiqariş körsatkiçlarini belgilaşda bu omil ham nazarda tutilmoqda;
«Özneftmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi mazkur vaziyatni barqarorlaştiriş uçun neftni qayta işlaş zavodlarida avtobenzin işlab çiqariş miqdorini mumkin qadar köpaytiriş, şu jumladan, çetdan qöşimça miqdorda uglevodorod xom aşyosini keltiriş va iste'molçilarni avtobenzin bilan tegişli miqdorda ta'minlaş yuzasidan barça zarur çoralarni körayotganligini ma'lum qildi.

















