Rossiya mudofaa vaziri Sergey Şoygu Halabdagi gumanitar tanaffus nomini olgan öt oçmaslik borasidagi rejim bir sutkaga uzaytirilgani haqida ma'lum qildi.
Şoyguning sözlariga köra, mazkur qaror prezident Putin tomonidan qabul qilingan va Suriya rahbariyati tomonidan tasdiqlangan.
Halabdagi "Gumanitar tanaffus" 20 oktabrning tonggi soat sakkizida boşlangan va mahalliy vaqt bilan 19:00ga qadar davom etişi kerak.
BMTning ma'lum qilişiça, şahardagi tinç aholi vakillarini köçiriş uçun 12 soat vaqt talab etiladi.
Avvalroq Rossiya BMTni Halabda uç kun içida sutkasiga 11 soatdan heç qanday bombardimonlar bölmasligi haqida xabardor qilgan edi.

















