YouTube videoxostingi ma'muriyati GTA V modifikatsiyasi tasvirlangan rolikni öçirib taşladi, unda S4 portlovçi moddasi örniga Samsung Galaxy Note 7 smartfonlari qöllaniladi. Bu haqida The Verge ma'lum qildi.
Manbaga köra, video yaratuvçilari kompaniyaning mualliflik huquqini buzganligi tufayli Koreya korporatsiyasi Modded Games deb nomlangan YouTube-kanalidagi videotasvirning öçirilişiga muvaffaq bölgan.999663
Videoda öyin personajlaridan biri bölgan Maykl qurol-yaroğ dökoniga kiradi va bu yerda smartfonlarni xarid qiladi. Şundan söng ularni harakatlanayotgan avtomobillarga hamda voqea joyiga yetib kelgan politsiyaçilarga ota boşlaydi. Gadjyetlar ketma-ket portlaydi.
Mazkur video taqdim qilingan vaqtdan boşlab (1 oktabr) u 1,2 million marta körilgan hamda 6 mingdan ziyod "layk"ka ega bölgan. Qayta yuklangan roliklar va uning nusxalari öçirilmagan, ularni muammosiz topiş mumkin.
Samsung Electronics kompaniyasi 10 oktabr kuni öz hamkorlariga Galaxy Note 7 sotuvlarini töxtatişni sörab murojaat qilgandi. Bunga yangi partiyadagi qurilmalarning öz-özidan yoniş holatlari haqidagi ma'lumotlarning paydo bölişi sabab bölgan. Keyinroq korporatsiya mazkur gadjyetlarni işlab çiqarişni butkul töxtatdi.
















