Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
UYeFA tajribalarini davom ettiradi: Navbat YeChLga
Yevropa chempionlar ligasi finali kelgusida Yevropa hududlaridan tashqarida bo‘lib o‘tishi mumkin. Bu ehtimol haqida UYeFAning yangi prezidenti Aleksander Cheferin gapirib o‘tgan.
«Bu hozircha bir g‘oya, uni muhokama qilishimiz kerak. Menimcha Portugaliyadan Ozarboyjonga uchish bilan Portugaliyadan Nyu-Yorkka uchish bir xil. Shuning uchun bunday qaror qabul qilinishi muxlislar uchun katta muammoga aylanmaydi. Lekin bu yevropaliklarning turniri ekani bor gap, biz buni yaxshilab o‘ylab ko‘ramiz.
Finalga mezbonlik qilish huquqini qo‘lga kiritish shaffoflikni talab etadi. Siyosiy sabablar hisobga olinmasligi kerak. Agar kimdir bizga bosim o‘tkazishga harakat qilsa, javobimiz ayon: «Kechirib qo‘ying, bizda aniq qoidalar bor, biz siz aytgan ishni qila olmaymiz», degan Cheferin.
AP xabarida qayd etilishicha, keyingi mavsumda YeChL finali katta ehtimol bilan Nyu-Yorkda o‘tadi.
Manba: Tribuna.uz
Mavzuga oid
07:59 / 08.05.2026
Angliyaning uchta klubi yevrokuboklar finaliga chiqdi
23:19 / 11.02.2026
«Real» UYeFA bilan Superliga bo‘yicha «futbol manfaati uchun» kelishuvga erishdi
23:45 / 06.10.2025
«Barselona» va «Milan»ga chempionat o‘yinlarini xorijda o‘tkazishga ruxsat berildi
23:32 / 25.09.2025