Jahon iqtisodiyotida inqiroz holatlari hamon saqlanib turgan va jahon bozoridagi narxlar eksport salohiyatiga salbiy ta'sir körsatayotgan bir şaroitda yurtimiz eksportçilarining taşqi bozordagi örnini saqlaş maqsadida xorijga mahsulot yetkazib beriş hajmini köpaytiriş, eksport qilinadigan mahsulotlar turi va geografiyasini diversifikatsiya qiliş, eksport faoliyatiga yangi korxonalarni jalb etiş işlari davom ettirildi.
ÖzA xabarida keltirilişiça, Özbekistonda joriy yil boşidan buyon 835 korxona eksport faoliyatiga jalb etildi, 246 turdagi yangi mahsulot eksporti yölga qöyildi. Mahalliy mahsulotlarni çetga yetkaziş geografiyasi 52 ta yangi bozorga köpaydi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Davlat statistika qömitasining mamlakatni joriy yil 9 oyida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş yakunlari böyiça hisobotida ma'lum qilindi.
Xususan, Birlaşgan Arab Amirliklari, Livan, Iordaniya, Iroq, Gana, Senegal, Kot-d’Ivuar, Somali, Nigeriyaga yengil avtomobillar, Yaponiya, XXR, AQŞ, Isroilga vinomateriallar va vino-aroq mahsulotlari, Polşa, XXR, Turkiya, Janubiy Koreya, Latviya, Afğonistonga kimyo mahsulotlari, Şvetsiya, Ruminiya, Bolgariya, Turkiyaga mineral öğitlar, Belarus, Ozarbayjon, Polşa va Janubiy Koreyaga sport poyabzallari, çarm buyumlar va boşqa mahsulotlar eksport qilindi.
Buning samarasida şu yilning 9 oyi yakunlariga köra, tovar va xizmatlar eksport hajmi 2015 yilning şu davriga nisbatan 1,4 foiz ösdi. Polietilen, trikotaj polotno, ip gazlama, farmatsevtika preparatlari va tibbiyot buyumlari, molibden, volfram mahsulotlari, ammofos, kalsiylaştirilgan soda, yuk avtomobillari va yuqori qöşimça qiymatga ega boşqa mahsulotlarni eksport qiliş hajmi oşdi.
Mamlakatda yetiştirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiliş böyiça qöşimça çora-tadbirlar amalga oşirilgani, jumladan, «Özagroeksport» ixtisoslaştirilgan taşqi savdo kompaniyasi taşkil etilgani natijasida joriy yil 9 oyida 543 ming tonnadan ziyod yoki 2015 yilning şu davriga nisbatan 40,4 foiz köp höl meva va qayta işlangan meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilindi.

















