Özbekistonlik tadbirkorlar Rossiyaning Krasnoyarsk ölkasida joylaşgan "Teplofon" kompaniyasi tomonidan işlab çiqariladigan innovatsion isitgiçlarga qiziqiş bildirişmoqda. Tomonlar hozirda isitgiçlarning yetkazib berilişi böyiça şartnoma tuzişni muhokama qilişmoqda. Bu haqda 21 oktabrda Sibir tadbirkorligi anjumanida Krasnoyarsk ölkasining iqtisodiy rivojlaniş, investitsion siyosat va taşqi aloqalar vaziri Aleksandr Gramatunov ma'lum qildi. Bu haqda newslab.ru sayti xabar bermoqda.
Yaqinda Krasnoyarsk ölkasi ma'muriyati va tadbirkorlari delegatsiyasi Özbekistonga safar uyuştirgandi. Uçraşuvda Krasnoyarsk va Özbekiston korxonalari örtasida aloqalarni kengaytiriş, yengil sanoat, yoğoçni qayta işlaş, yonilği va maşinasozlik sohalarida qöşma korxonalar yaratiş istiqboli muhokama qilingandi.
"Teplofon" kompaniyasining isituvçi infraqizil panellarini yetkazib beriş böyiça dastlabki kelişuvlar taşrifning birinçi natijalaridan böldi. "Kompaniya zamonaviy isitgiçlar işlab çiqaradi, ular juda energiya samaradordir. Yaqinda men Özbekistonda bölib, bu mahsulot haqida ma'lumot bergandim. Mahalliy iste'molçilar isitgiç bilan qiziqib qolişdi. Özbekistonda iqlim ança iliq bölganiga qaramay, qiş sovuq keladi. Hozirda tomonlar şartnomalar tuziş arafasida turişibdi", deb ma'lum qildi Gramatunov.
















