Mamlakatimizning Londondagi elçixonasida Özbekistonning zamonaviy rivojlanişi mavzusiga bağişlangan brifing bölib ötdi. Unda Buyuk Britaniyaning ijtimoiy-siyosiy va ekspert doiralari vakillari qatnaşdilar.

Tadbirda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Taşqi siyosiy masalalar böyiça qömitasi raisi Sodiq Safoyev asosiy ma'ruza bilan iştirok etdi.

Brifing çoğida uning iştirokçilari mamlakatimizda bugungi kunda keçayotgan ijtimoiy-iqtisodiy özgarişlar hamda respublikamiz xalqaro hamkorligidagi ustuvorliklarga doir batafsil ma'lumotlar bilan yaqindan tanişdilar. Özbekiston bozor iqtisodiyoti va kuçli fuqarolik jamiyati asosidagi dunyoviy demokratik davlat barpo etiş tamoyillariga sodiq ekanligi ta'kidlandi. Şu bilan birga, tadbir çoğida mamlakatimiz hukumatining tadbirkorlikni, infratuzilmalar hamda ijtimoiy xizmatlar körsatilişini qöllab-quvvatlaşga yönaltirilgan sönggi qarorlarining ahamiyatiga alohida e'tibor qaratildi. 

Yuqoridagilardan taşqari, mamlakatimizda joriy yilning 4-dekabrida bölib ötadigan Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlariga tayyorgarlikning borişi hamda 18-19-oktabr kunlari Toşkentda bölib ötgan Islom hamkorlik taşkiloti Taşqi işlar vazirlari kengaşining 43-sessiyasi yakunlariga doir ma'lumotlar ham brifing qatnaşçilarining e'tiboriga havola etildi.

“Pathfinder” kompaniyasi direktori Maykl Tomas öz çiqişida Özbekistonning birinçi Prezidenti Islom Karimov uluğ yetakçilik fazilatlariga ega bölgani tufayli 25 yil içida gullab-yaşnayotgan davlatni barpo etişga erişilganini qayd etdi. 

“Islom Karimov tomonidan taklif etilgan IHT Taşqi işlar vazirlari kengaşiga Özbekiston Respublikasi raisligi mavzusi va ustuvorliklari mustaqil davlatni barpo etişga bölgan yondoşuvlarning tamoyillari bilan uyğundir. “Bu ma'naviy merosga hurmat bilan munosabatda böliş va barqarorlik ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişning asosiy şarti ekanligini anglatadi”, dedi M.Tomas.

Uning ta'kidlaşiça, Markaziy Osiyoning buyuk allomalari va mutafakkirlari bilimlarini hamda ularning zamonaviy ilm-fan rivojiga qöşgan bebaho hissalarini tarğib qiliş yuzasidan boşlangan işlarni davom ettiriş favqulodda muhim hisoblanadiki, bu Özbekistonni va butun islom dunyosini yaxşi tuşunişga xizmat qilmoği lozim.

Britaniya kompaniyasi rahbari Özbekiston Respublikasi hukumatining kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada qöllab-quvvatlaş töğrisidagi qaroriga hamda iqtisodiy hamkorlik masalalari mamlakatimizning IHT raisligidagi ustuvorliklari röyxatiga kiritilganini yuqori baholadi.