Xitoy sentabrda Angoladan neft importini yillik ifodada 46 foizga, ya'ni 4,19 mln tonnagaça oşirdi. Natijada Afrika davlati Xitoyga neft yetkazib beriş böyiça Rossiya va Saudiya Arabistonini ortda qoldirib, 1-öringa çiqib oldi. Bu haqda Xitoy boş bojxona boşqarmasi ma'lumotlariga iqtibos keltirgan holda "Interfaks" axborot agentligi xabar bermoqda. 

Xitoyga neft yetkazib beriş böyiça 3-öringa tuşib ketgan Rossiyadan neft sotib oliş sentabrda yillik ifodada 2,1 foizga, ya'ni 3,96 mln tonnagaça kamaydi. Saudiya Arabistonidan Xitoyga neft eksporti 1,3 foizga, ya'ni 3,8 mln tonnagaça kamaydi va 2015 yil noyabridan beri qayd qilingan minimal körsatkiç böldi.

Umumiy hisobda Xitoy sentabrda  33,06 mln tonna, ya'ni ötgan yilning şu oyiga nisbatan 18,3 foizga köproq neft import qildi.

Saudiya Arabistoni yanvardan sentabrgaça Xitoyga 38,75 mln tonna, Rossiya 38,1 mln tonna, Angola esa 34,4 mln tonna neft yetkazib berdi. 

19 oktabrda Xalqaro valyuta jamğarmasi 2021 yilgaça neftning Brent, Dubai Crude va WTI navlari narxi bir barrel uçun 60 dollardan oşmasligi haqidagi prognozni çop etgandi.

Reuters axborot agentligi sentabrda Rossiya avgustda Xitoyga eng köp neft yetkazib bergan davlat bölganini ma'lum qilgandi.