23 oktabr kuni ÖzEOAVMAda saylov tajribasini yoritiş böyiça xalqaro tajribani örganişga bağişlangan seminar-treninglarning oçiliş marosimi bölib ötdi. Tadbirda nodavlat teleradiostudiyalar, ÖEOAVMA vakillari, Konrad Adenauer nomli jamğarmaning Markaziy Osiyo böyiça hududiy vakolatxonasi, şuningdek Özbekiston Markaziy saylov komissiyasi ekspertlari iştirok etişdi. 

Treninglarni yetakçi nemis ekspertlar Germaniya telekompaniyalar Federal uyuşmasi Prezidenti Rene Falkner va maşhur mustaqil jurnalist Birgit Vettsel olib boradi. 
Germaniyalik ekspert Rene Falkner 11 kun davomida seminar iştirokçilari bilan yangi texnologik işlanmalarni qöllaş bilan maşhur reyting tok-şoular tayyorlaş böyiça jahon tajribasi bilan bölişadi. 

Tört kun davomida Birgit Vettsel boşçiligida seminara-trening iştirokçilari – turli radiostansiya jurnalistlari – efirni yangi kreativ eşittirişlar bilan töldirişning eng ilğor tajribalarini örganişadi, axborot uzatişning nostandart usullari va köproq radiotinglovçi jalb qiliş imkoniyatlari bilan tanişişadi. Seminar-treningning oçiliş marosimida uning yakuniy natijasida “Saylov kundaligi” har kunlik maxsus dasturi taşkil etilişi belgilab olindi. 

- Men yoş jurnalistlar bilan saylov va saylovoldi jarayonlari yuzasidan maşğulotlar olib borişimdan xursandman. Özbek hamkasblarim bilan yagona maqsadimiz saylov mavzusiga oid sifatli media mahsulot tayyorlaş, töliq radio axborotlar berişdan iborat. Seminar iştirokçilari – asosan yoşlar va bu meni yanada ilhomlantiradi. Men Özbekistonda bölgan vaqtimda jurnalistlaringiz mahorati yildan-yilga ortib borayotganini guvohi bölyapman, - deydi Birgit Vettsel. 

Doktor Tomas Kuntse ham uşbu maşğulotlar Özbekiston Respublikasi Prezident saylovining professional darajada yoritilişiga öz hissasini qöşişidan umidvorligini izhor etdi. Biz özbek jurnalistlari bilan tajriba almaşişdan faqat hursand bölamiz.

- Uşbu seminarlar jurnalistlar savodxonligini oşiriş böyiça “ilk qaldirğoç” bölib , kelgusida ham biz Assotsiatsiya jurnalistlari uçun Özbekiston Prezidenti saylovini yoritişda professionalligini oşiriş masalasida ularni davom ettirişni rejalaştiryapmiz, - deydi ÖzEOVMA raisi Firdavs Abduxoliqov mediamarosimning oçiliş marosimida.
Seminar-treninglar noyabr oxiriga qadar davom etadi.