Xorvatiya chempionatining ikkinchi divizionidan o‘rin olgan «Dugopole» - «Sesvete» bahsida qiziq holat yuz berdi.

Bosh hakam Tino Krechak mezbonlar darvozasiga penalti belgiladi. Mezbonlar hujumchisi Ante Aralitsa zarbani aniq amalga oshirgan edi, ammo to‘p darvoza to‘rining teshigidan chiqib ketdi. Buni payqamay qolgan bosh hakam penaltidan gol urilmagan deb hisobladi.

Bu vaqtda mezbonlar 2:1 hisobida oldinda edi.

Yakunda «Sesvete» hisobni tenglashtira oldi va 2-o‘rinda mustahkamlanib oldi. Hakam tomonidan "siylangan" «Dugopole» esa 3-o‘rinda qolmoqda.