Rossiya mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konaşenkovning ma'lum qilişiça, Rossiya Suriya hukumati bilan hamkorlikda Halabda gumanitar tanaffusni e'lon qilişga tayyor. Faqat, buning uçun xalqaro taşkilotlar tinç aholi vakillarini olib çiqib ketişga kafolat berişlari kerak, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti» agentligi.
«Rossiya Federatsiyasi xalqaro taşkilotlarning jangarilar egallab turgan tumanlardagi tinç aholi vakillari, yaralanganlar va bemorlarni olib çiqiş böyiça kafolatini olsa, Suriya hukumati bilan birga Halabda «gumanitar tanaffus» joriy etişga tayyor», — degan Rossiya generali.
Avvalroq, Rossiya QK Boş ştabi Boş operativ boşqarmasi rahbari Sergey Rudskoy 18 oktabrda e'lon qilingan hamda Rossiya HKK va Suriya HHK aviatsiyasining Halab atrofidagi 10kmlik hududga zarba bermaslikni nazarda tutuvçi moratoriy uzaytirilişi haqida aytgandi.
d

















