Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarga ajratilgan pulni yeb yuborgan MFY mas'ullari sudga tortildi
Furqat tumanining Boltako‘l MFYdagi komissiya xo‘jako‘rsinga tuzilgani, umuman ishlamagani ayon bo‘ldi. Xususan, mazkur MFY kotibasi, komissiya a'zosi M.Hamdamova va tuman bandlikka ko‘maklashish, aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi hududiy inspektori, komissiya a'zosi A.Mamajonov bilan til biriktirib, “Kam ta'minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga zid ravishda ish qilishdi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.
Ular nafaqaga muhtoj bo‘lmagan 7 oilaga ikki va o‘n to‘rt yoshgacha bolalari uchun nafaqa tayinlash maqsadida rasmiy hujjat – oilalarning moddiy va mulkiy ahvolini o‘rganish dalolatnomalariga mehnatga layoqatli a'zolarini to‘liq kiritmasdan, daromadlarini kamaytirib, nafaqaga muhtoj deb ko‘rsatib, hujjatlarni qalbakilashtirgani oqibatida jami 10 mln. 672 ming so‘m nafaqa pullari noqonuniy to‘langan.
MFY ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam tayinlash maxsus komissiyasining a'zosi, guvoh R.Mirzaqulovning sud majlisidagi ko‘rsatmasiga ko‘ra, u komissiya tarkibida nafaqa tayinlash bilan bog‘liq to‘plangan hujjatlar bilan tanishib chiqishiga yo‘l qo‘yishmagan.
Sud yetkazilgan zarar o‘rnini qoplanganini inobatga olgan holda M.Hamdamova va A.Mamajonovga qilmishlariga yarasha jazo tayinladi.
Mavzuga oid
16:58 / 13.01.2026
“Avvaliga o‘ldirishadi deb qo‘rqdim, keyin o‘rganib qoldim” – Uychida o‘g‘irlab ketilib, 4 kun ushlab turilgan yigit hikoyasi
12:49 / 02.01.2026
Toshkentda yerosti yo‘lida telefon olib qochgan shaxs ushlandi
14:56 / 17.12.2025
Oliy sud: 273-modda bilan sudlanganlar soni 2,8 mingdan oshdi
13:11 / 08.11.2025