2008 yilgi Olimpiya öyinlarida medal olgan 6 nafar sportçining doping namunalari qayta tekşiruvdan ötkazilganidan söng ularning qon tarkibida taqiqlangan moddalar bölgani aniqlandi. Bu haqda XOQ matbuot xizmati xabar bergan.
Ular qatorida Özbekiston bayroği ostida Pekin–2008 va London–2012 Olimpiadalarida çiqiş qilgan erkin kuraşçi Soslan Tigiyev bor bölib, u endi Pekin Olimpiadasidagi kumuş medalidan mahrum etildi.
2012 yilda Soslan Tigiyevning qon tarkibida taqiqlangan metilgeksaneamin preparati aniqlanganidan söng, u London–2012 Olimpiadasining bronza medalidan mahrum qilingan edi.
Soslan Tigiyev bilan bir qatorda Pekin–2008 Olimpiadasining töqqiz sportçisi, şulardan sovrindor bölgan 6 nafari diskvalifikatsiya qilingan. Bu 2015 yil avgustida boşlanib, Jahon antidoping agentligi (WADA) va xalqaro federatsiyalarni öziga jalb etgan ma'lumotlar yiğiş jarayonining natijasi hisoblanadi.
Bular orasida Belarusdan 2 nafar, Rossiya, Ukraina, Ozarboyjon, Qozoğiston, Kuba, Ispaniya va Özbekistondan bir nafardan vakil bor. Xususan, Soslan Tigiyevning akasi, Qozoğiston nomidan çiqiş qilgan Taymuraz Tigiyev (kumuş) ham medalidan ayrilgan. Unda turinabol moddasi aniqalangan. Doping namunasi ijobiy çiqqan Rossiya vakili esa yengil atletikaçi Yekaterina Volkova (turinabol) ekani ma'lum.
Şuningdek, ukrainalik oğir atletikaçi Olga Korobka (kumuş), belaruslik oğir atletikaçi Andrey Ribakov (kumuş), belaruslik oğir atletikaçi Anastasiya Novikova (bronza) medallardan mahrum bölgan.
Pekindagi Olimpiadada medallarni qölga kirita olmagan ozarboyjonlik oğir atletikaçi Sardar Gasanov, kubalik balandlikka sakrovçi Vilfredo Martines (5-örin) va ispaniyalik tösiqlar oşa yuguruvçi Jozefin Onyaning ham taqiqlangan preparatlar qabul qilgani ma'lum böldi.
Bundan oldinroq, Pekin–2008 va London–2012 Olimpiadalarining doping namunalari qayta tekşiruvidan söng Özbekiston nomidan iştirok etgan Artur Taymazovning doping namunasi ijobiy çiqqan va u Pekin–2008 oltin medalidan mahrum etilgandi.

















