BMT maxsus qömitasi yadro qurolini taqiqlaş böyiça muzokaralarni boşlaşga undovçi rezolyutsiyani qabul qildi, deb xabar qilmoqda taşkilot matbuot xizmati. Hujjat Reaching Critical Will taşkiloti saytida e'lon qilingan.
Kelasi haftada uşbu taşabbus böyiça ovoz beriş ötkazilişi mumkin. Maxsus qömita BMT Boş Assambleyasiga yuborişni rejalaştirayotgan hujjat majburiy emas, balki tavsiya mazmuniga ega. Uni Avstriya, Meksika, Irlandiya, Nigeriya, JAR va Braziliya hamkorlikda işlab çiqqan.
Rezolyutsiya loyihasini qömitaning 123 a'zosi qöllab-quvvatlagan, 38 nafari norozilik bildirgan, 16 nafari, jumladan Xitoy, Hindiston va Pokiston betaraf qolgan. NATOga a'zo davlatlarning 28tasidan 27tasi ham qarşi ovoz bergan.
BMT XKda veto huquqiga ega bölgan beş davlatdan törttasi — AQŞ, Rossiya, Fransiya va Buyuk Britaniya ham qarşi ovoz berganlar safida ekani aytilmoqda.
Birinçi maslahatlaşuvlar kelasi yilning mart va iyun oylarida bölib ötadi.

















