Rossiya TIV: Suriya maktablarining “bombardimon qilinishi” – kompyuter grafikasi
Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Facebook'dagi sahifasi orqali Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Mark Eyro o‘z so‘zlari uchun kechirim so‘rashi kerakligini ma'lum qildi. Eyro Suriyadagi maktablarga havo zarbalari berilishida Rossiyani ayblagan edi.
«Kecha... Eyro Suriyaning Idlib shahridagi maktabga zarba berilishida Moskva yoki Damashq aybdor degan edi. ... Odobli kishilar bunaqa holatlarda kechirim so‘raydi. Shunday ekan, bilib olamiz», — deb yozgan Zaxarova.
Zaxarovaning qayd etishicha, Suriyaning Xaas qishlog‘idan olingan suratlar ekspertlar tomonidan o‘rganilgach, ma'lum bo‘lishicha, «hech qanday maktabga zarba berilmagan, shunga ko‘ra qurbonlar ham bo‘lmagan».
TIV vakili fotosuratlar — «kompyuter grafikasi» bo‘lib, «o‘ldirilgan o‘quvchilar, faollarning dahshatli xayoloti mahsuli» ekanini aytgan.
YUNISEF ma'lumotlariga ko‘ra, Idlibdagi maktabga berilgan havo zarbalarida 22 nafar o‘quvchi va o‘qituvchi halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
00:35
«Yevropadagi istalgan nishonni yo‘q qila oladi» – Putin «Oreshnik» yaratuvchilari bilan uchrashdi
23:13 / 23.11.2024
Kreml yangi safarbarlik bo‘lmasligini ma’lum qildi
22:35 / 23.11.2024
Fransiyada deputatlarning Telegram akkauntlari buzib kirilgani yuzasidan tergov boshlandi
22:08 / 23.11.2024