Yangi tadqiqot: xotin-qizlar erkaklarga nisbatan bir yilda 39 kun köproq işlar ekan
|19:40 / 31.10.201620 2308 min
Foto: zib.comFoto: zib.com
Jahon Iqtisodiy forumi Hisobot (The Global Gender Gap) e'lon qildi. Ötkazilgan tadqiqot natijalariga qaraganda, xotin-qizlar erkaklarga nisbatan bir yilda 39 kun köproq işlar ekan. BMT Bolalar Jamğarmasi (YUNISEF) tadqiqotlariga qaraganda esa, qizlar öğil bolalarga nisbatan biror işni bajarişda 40 foiz köp vaqt sarflar ekan. Ma'lum bölişiça, ayollar bir kunda erkaklarga qaraganda 50 daqiqa köproq öz vaqtini işxonada ötkazadi. Şu sababli ham tahlilçilar sayyoramizda hamon gender tengligiga amal qilinmayotganini aytişadi. Şuni eslatib ötiş kerak-ki, 2014 yilda e'lon qilingan Hisobotda sönggi yillarda ayollarning siyosat va iqtisodiyotga keng jalb qilinişi tufayli jahonda gender tengligi borasida bir qator yutuqlar qölga kiritilgani ta'kidlangandi. Sönggi vaqtlarda jamiyatda ayollarning mavqei mustahamlanib borayotgani yaqqol közga taşlanmoqda, desak yanglişmagan bölamiz. Kuzatuvçilarning fikriça, siyosat keng tarqalayotgan kasblardan biriga aylanib qoldi. Bu kasbga bilim va tafakkurga ega, rahbarlik qobiliyati bor va özini körsatiş niyatida bölgan ayollar ham keng jalb qilinmoqda.
Jamiyat taraqqiyoti bir yerda qotib turmaydi. Avvallari ayollar faqat uy-işlari, bola tarbiyasi bilan şuğullanişi kerak, degan fikrlar mavjud edi. Endilikda esa jamiyat işlarida ayollarning keng iştirokiga heç kim taajjub bilan qaramaydigan bölib qoldi. Masalan, siyosatga aralaşib qolgan erkakning rafiqasi ham turmuş örtoği bilan birga turli tadbirlarda iştirok etar ekan, özi bilmagan holda siyosatga kirib qoladi. Xotin-qizlar erkaklar bilan teng huquqli böliş bilan bir qatorda siyosatda özlarini körsatiş imkoniyatlariga ega bölişdi. Biroq tan oliş kerak, ayrim mamlakatlarda ayollarning örni oşxonada, degan qaraşlar ham butkul yöqolmagan.
Rivojlanişning eng ötkir muammolaridan biri tenglikka erişişdir. Biroq rivojlaniş amaliyotining tahlili şuni körsatadiki, xotin-qizlar köpinça rivojlaniş jarayonidan çetda qoladi va hatto unda iştirok etgan taqdirda ham rivojlaniş loyihalarini natijalari erkaklar va xotin-qizlarga turliça ta'sir körsatgan. Erkak va ayollarning hatti-harakati ijtimoiy va madaniy xarakteristikalarini aniqroq farqlaş uçun gender atamasi qabul qilingan. Gender (inglizça gender – “zot” ) jins tuşunçasini fizologik voqelik jarayoni bölgan ijtimoiy konstruksiya sifatida belgilaydi. “Gender” tuşunçasining kiritilişi şuni anglaşga yordam beradiki, jamiyatdagi erkaklar va xotin-qizlar rollarini ijtimoiy jihatdan farqlaydi va belgilaydi. Gender konsepsiyasiga muvofiq, rivojlaniş böyiça faoliyatda “Xotin-qizlar rivojlanişda” (Women and Development) şioridan “Gender va rivojlaniş” (Gender and Development) şioriga ötişi amalga oşiriladi.
Mavzuga oid
Gender tengligi – ayollar va erkaklar, qizlar va öğil bolalar uçun teng huquq, mas'uliyat, imkoniyat, qadriyat va natijalardir. Gender tengligi faqat ayollarga taalluqli masala bölmasdan u, erkaklar huquq va majburiyatlarini ham anglatadi. Çunki jamiyat xar ikki jinsdan gender normalari va standartlariga muvofiq harakat qilişni kutadi. Tenglik ayollar va erkaklar bir xil bölib qolişini bildirmaydi. Lekin ularning huquqlari, mas'uliyati va tengligi özlari qiz yoki öğil bola bölib tuğilganlariga boğliqdir. Gender tengligi ayollarning ham, erkaklarning ham manfaatlari, ehtiyojlari va ustuvorliklari hisobga olinganligini körsatadi.
Sönggi 10 yilda mehnat qilayotgan ayollar soni çorak milliardga köpaygan bölişiga qaramaay, mavjud muammolarni tölaligiça bartaraf etiş uçun kamida 170 yil kerak bölişi aytiladi. Tadqiqotda xotin-qizlar uyda bajaradigan kundalik yumuşlar ham inobatga olingan. Şunga qaramay erkaklar xaq tölanadigan işning 39 foizinigina bajarişlari oydinlaşdi. Ayrim mamlakatlarda, jumladan, Hindiston, Portugaliya va Estoniyada xotin-qizlar bir yilda erkaklar bilan soliştirganda 50 kun köp işlaşi ma'lum böldi. Biroq buni teskarisi kuzatiladigan mamlakatlar ham bor. Masalan, Yaponiya va Niderlandiyada ayollarning uyda işlaşlari inobatga olingan taqdirda ham erkaklar 30 daqiqa ulardan köproq işlar ekan.
Buyuk Britaniyadagi moliviy tadqiqotlar Instituti e'lon qilgan hisobotga qaraganda, erkaklar ayollarga nisbatan köproq maoş olar ekan. Biroq bu raqamlarga şubha bilan qarovçilar ham bor. Çunki iş beruvçilar erkak va ayollarga teppa teng maoş berilişini aytişadi. Bu yerda kim qança vaqt işlaşi va qanday işlarni bajarişi haqida ketmoqda. Ya'ni, erkaklar yarim asr avval bölganidek, xozir ham rahbarlik lavozimlarida, ayollar esa oddiy xodim sifatida işlamoqda. Bu öz-özidan maoşlarda tafovut bölişiga olib keladi. Işlayotgan ayollar va erkaklar örtasidagi farqni tahlil qiladigan bölsak, örtaça maoş böyiça erkaklarni köproq bölib çiqadi. Ayollar kam maoş tölanadigan işlarda faoliyat yuritişadi. Bu borada milliy an'analar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ya'ni, ayrim mamlakatlarda ayollar bajaradigan işlarni erkaklar, erkaklar bajaradigan işlarnni ayollar qilmaydi.
Bugungi global zamonda ayollarning örniga yetarliça baho beriş juda ham zarur. Çunki ayollardagi iş qobiliyati, energiya mamlakatlarning yangi bosqiçga kötarilişida muhim ahamiyat kasb etadi. Tarixda ayollarning hokimiyatda bölişi bilan boğliq hodisalarga alohida e'tibor qaratiş kerak. “Nozik jins” vakillari murakkabliklar va muamolarni hal qilişda erkaklardan qolişmagan holda harakat qilganlariga tarix guvoh. Tahlilçilarning fikriça, siyosatdagi ayollarning roli jamiyatda qaror topgan dunyoqaraşdan kelib çiqadi.
Ayollarning siyosat va boşqaruvdagi roli ortib bormoqda. Davlat taşkilotlari, jamoat xizmatlarida ayollar keng faoliyat yuritmoqda. Jahon mamlakatlarida hukumat darajasida ayollarga köp hollarda Ta'lim, Soğliqni saqlaş, Madaniyat, Ijtimoiy ta'minot vazirliklari işonib topşiriladi. “Ayollar masalasi”ni ayollardan boşqa kim ham xal qila oladi?
2005 yildan boşlab gender tengligi masalasida Şri-Lanka, Mali, Xorvatiya, Makedoniya va Tunisda bir qator yutuqlarga erişildi. Gender tengligi masalasida birinçi beştalikka Islandiya va Skandinaviya mamlakatlarini kiritiş mumkin. 6-örinda esa Nikaragua turadi. Bunga ayollarning siyosatda iştirok etişi va soğliqni saqlaş tizimida qölga kiritilgan yutuqlar sabab böladi. Biroq maoşlar borasida bu kabi fikrlarni aytib bölmaydi.
Ayollar bilan boğliq vaziyat qurolli nizolar davom etayotgan va beqaror mamlakatlarda ayançli ekani aytiladi. Bu mamlakatlarda xotin-qizlarning siyosiy va iqtisodiy hayotga jalb qilişning imkoni ham, iloji ham yöqligi xeç kimga sir emas.
Tadqiqot natijalariga qaraganda, gözal jins vakillari iş örinlaridan ayrilib qolişdan hadiksiragan holda işlaşar ekan. Bu, öz navbatida, turli kasalliklarga mubtalo bölşilariga, ma'naviy va jismonan toliqişlariga sabab böladi.
Ayol — jamiyat gultoji, mehr va muhabbat timsolidir. Istiqlol yillarida Özbekiston xotin-qizlarini e'zozlaş, jamiyatdagi rolini oşiriş davlat siyosatining muhim yönalişlaridan biriga aylandi. Şu maqsadda xotin-qizlar manfaatini ifodalovçi qator huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Ayollarga köplab ijtimoiy imtiyozlar joriy qilindi. Ana şunday çora-tadbirlar tufayli ayollarimiz bugungi kunda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning, davlat va jamiyatda keçayotgan hayotbaxş özgarişlarning faol iştirokçisiga aylandilar.
Bugun ayollar deputat, murabbiy, şifokor sifatida erkaklar bilan yonma-yon faoliyat yuritmoqda, tadbirkorlar uçun joriy etilgan imtiyozlardan keng foydalanmoqda, öz şaxsiy biznesiga, mol-mulkiga ega bölmoqda. Bularning barçasi ayollarimizga yaratilayotgan imtiyozlar, şaroitlar tufaylidir.