Amerikaning NASA mutaxassislari Yer yaqinidan yirik fazo jismi – asteroid uçib ötganini ma'lum qildi. Uning yaqinlaşayotgani haqidagi xabar kiçik sayyoralar Markazi tomonidan e'lon qilingan edi. 
Hisob-kitoblarga köra, u Yerdan xavfsiz masofada, 500 ming km uzoqlikda uçib ötgan. Bu Yer bilan Oy örtasidagi masofadan 1,5 marta uzoq deganidir. 2016 UR36 asteroidi yaqinda, 25 oktabr kuni Havayi orollaridagi Pan-STARRS teleskopi yordamida aniqlangan edi.
Şundan söng, asteroid haqidagi axborot scout tizimi orqali tarqatilgan va boşqa teleskoplar tomonidan ham kuzatilgan. Uning hajmi 5 metrdan 25 metrgaça bölgani aytilmoqda.