Özbekistonning Moskva şahri markazidagi konsulligi va mehmonxonasi yaqinida barpo etilgan xiyobonga Özbekiston Respublikasi birinçi Prezidenti Islom Karimov nomi beriladi. Yakimanka tumanidagi xiyobon Bolşaya Polyanka köçasidagi 39-uy va Kazaçe 1-tor köçasidagi 13-uy oraliğida joylaşgan, deb xabar qilmoqda Moskva şahri sayti. 

Rossiya va Özbekiston fan, siyosat va san'at namoyandalari konsullik yaqinidagi nomsiz xiyobonga Islom Karimov nomini beriş taşabbusi bilan Rossiya poytaxti rahbariyatiga murojaat qilişgan. Xabarda yozilişiça, Moskva şahri ma'muriyatining 1 noyabrdagi majlisida mazkur hiyobonga Özbekistonning birinçi Prezidenti nomini beriş masalasi ham muhokama etilişi kutilmoqda.