2016 yilning 31 oktabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritiş böyiça Respublika matbuot markazida videokonferentsaloqa şaklida “Ommaviy axborot vositalari va saylovoldi taşviqoti” mavzusida amaliy seminar ötkazildi.

Ta'kidlanganidek, ommaviy axborot vositalari erkin demokratik saylovlarni ötkazişning muhim böğini hisoblanadi. Saylov jarayonida barça fuqarolarga saylovda iştirok etayotgan siyosiy partiyalar, Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning saylovoldi dasturi, şuningdek, saylov jarayonining mohiyati haqida töliq axborot oliş şart-şaroitlari ta'minlanadi.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi böyiça saylov kampaniyasi hal qiluvçi pallasiga kirdi. Şu yilning 28 oktabridan saylovoldi taşviqoti boşlandi. “Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi töğrisida”gi Qonunga asosan saylovoldi taşviqoti olib borilayotganda davlat ommaviy axborot vositalaridan foydalanişda Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga hajmiga köra bir xil bölgan efir vaqti va naşr maydonini bepul beriş yöli bilan teng şaroitlar ta'minlanadi. Nomzodlarga davlat ommaviy axborot vositalarida haq evaziga ham efir vaqti yoki naşr maydoni, nodavlat ommaviy axborot vositalarida qonun hujjatlariga muvofiq efir vaqti yoki naşr maydoni ajratilişi mumkin.

Saylovoldi taşviqoti ötkaziş maqsadida ommaviy axborot vositalaridan foydalaniş tartibi, hajmi va vaqti siyosiy partiyalar bilan kelişilgan holda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi. Şu sababli Markaziy saylov komissiyasi siyosiy partiyalardan kelib tuşgan taklif va istaklarni inobatga olib, har bir nomzodga öz saylovoldi dasturlarini aholiga yetkaziş uçun Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Özbekiston” va “Yoşlar” tele- va radiokanallarida 638 daqiqadan, Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 12 ta hududiy telekanallarida 206 daqiqa, “Toşkent” teleradiokanalida 286 daqiqadan bepul efir vaqti ajratdi.

Nomzodlarga “Xalq sözi”, “Narodnoye slovo” va “Pravda Vostoka” gazetalarida 6 sahifadan, “Nurly jol” va “Ovozi tojik” gazetalarida 5 sahifadan iborat naşr maydoni bepul beriladi. Bundan taşqari, hududlardagi 30 ta mahalliy gazetada har bir nomzod uçun 55,5 sahifa naşr maydoni bepul taqdim qilinadi.

Ta'kidlanganidek, saylovoldi kampaniyasida ommaviy axborot vositalari nomzodlar uçun oşkoralik va oçiqlik muhitini yaratişga kömaklaşişlari va ular bilan boğliq har qanday oçiq axborotni tezkorlik bilan, haqqoniylik, tenglik va xolislik asosida tarqatişlari talab etiladi. Axborot dasturlari va boşqa axborot materiallarida nomzodlarning saylovoldi faoliyatini yoritib berişda ommaviy axborot vositalari teng şaroitlar, şu jumladan dasturning davomiyligi va hajmi böyiça teng şaroitlar yaratib berilişini ta'minlaydi.