Jahon | 16:52 / 01.11.2016
5429
2 daqiqa o‘qiladi

Isroil Germaniyadan yana suvosti kemalari xarid qiladi

Foto: Reuters

Isroil hukumati Germaniyadan uchta suvosti kemasini xarid qilish bo‘yicha shartnoma imzolashni rejalashtirayapti. Bu haqda, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Knessetning 20-chaqiriq qishki sessiyasi ochilishida bayonot bergan. 

"Qishki sessiya chog‘ida biz Germaniya bilan uchta suvosti kemasini barpo etish bo‘yicha shartnoma imzolaymiz", - degan Netanyaxu. 

Isroil bundan avval, Germaniyadan oltita "Delfin" rusumli suvosti kemalarini xarid qilgan edi. Ular ayni vaqtda mamlakat mudofaa armiyasi safidagi eng qimmat texnikalar hisoblanadi. Ushbu submarinalarning oltinchisi 2018 yilda xaridor ixtiyoriga yetib keladi.  

Isroil televideniyesi to‘qqizinchi kanaliga ko‘ra, oltinchi kema armiya safiga qo‘shilishi bilan "Delfin"larning eskirgan modellari safdan chiqariladi. 

"Delfin" nomli dizel-elektrli suvosti kemalarining narxi oltitasi uchun Isroil hukumati 500 mln yevrodan biroz kamroq to‘lagan. Isroil OAV xabarlariga ko‘ra, bu mablag‘ning yarmini Germaniya hukumati qoplab beradi. Shu bilan birga, g‘arb matbuoti bu turdagi kemalar jangovar raketalarni ham eltishi mumkinligi haqida yozmoqda. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid