Ukraina fuqarolarining aksariyati — 53 foizi — Donbassdagi jangovar harakatlarni mamlakatning asosiy muammosi deb hisoblamoqda. Bu haqda, «Interfaks» agentligi «Reyting» guruhi tomonidan ötkazilgan ijtimoiy sörov natijalariga asoslangan holda xabar qilmoqda.
Unga köra, ikkinçi örinda davlat hokimiyati organlaridagi korrupsiya muammosidir. Söralganlarning 38 foizi şu haqda qayğurişlarini bildirişgan. Bundan taşqari, 29 foiz kişi işsizlikni ham asosiy muammolar qatoriga qöşgan. Şuningdek, işlab çiqarişning past darajasi va narx-navoni nazorat qiliş kabi mavzular ham sörovda iştirok etganlarning e'tiboridan çetda qolmagan.
Ukrainaliklarning fikriça, tabiiy gaz, elektr energiyasi va içimlik suvning yetişmasligi yoki ularning öçirib qöyilişi (4 foiz) hamda rus tilining maqomi (1 foiz) ahimiyatsiz muammolardir.
Söralganlarning 74 foiziga köra, sönggi bir yilda mamlakatdagi iqtisodiy ahvol yomonlaşgan. Ularning 50 foizi özlarini qaşşoq toifaga, 41 foizi örtaça daromadli kişilar hisobiga qöşgan.
Ijtimoiy sörovda iştirok etganlarning yarmidan kamroği oylik maoşi oziq-ovqat, zaruriy kiyim va poyabzal xarid qilişga yetayotganini aytişgan. 35 foizining işontirişiça, ularning oylik iş haqi faqatgina yegulikka kifoya qiladi. 18 foizi oziq-ovqatdan ham tejaşga majbur ekanliklarini bildirgan.

















