Xitoy janubi-ğarbidagi kömir konida yuz bergan texnogen hodisada 33 kişi qurbon böldi, deb xabar qilmoqda CCTV telekanali Twitter sahifasida.

«Çuntsindagi kömir konida qidiruv-qutqaruv işlariga barham berildi. 33 nafar konçining jasadi yuqoriga olib çiqildi», — deyiladi xabarda. 

Baxtsiz hodisa 31 oktabr kuni Laysu şahridagi xususiy konlardan birida yuz bergan. Konda 35 kişi bölgan, ulardan ikki nafari tirik qolgan. 

Foto: Sinxua