Top Victory kompaniyasi Farğonada Ecosink — biologik faol qöşimçalarni işlab çiqara boşlagani haqida xabar berilgan edi. U kapsula va qiyom şaklida bölib, uning asosiy tarkibi rux (sink) moddasi va askorbin kislota (C vitamini)dan taşkil topgan.
Kompaniya mutaxassislari uşbu maqolada Ecosink dorivor vositasi tarkibidagi rux moddasi inson organizmi uçun qançalik ahamiyatga ega ekanligi haqida ma'lumot berdi.
Rux (sink) – barça fermentlar tarkibiga kiruvçi yagona metall bölib, uning örnini boşqa metall bosa olmaydi. Rux köplab modda almaşinuvi jarayonlarida iştirok etib, tanadagi barça hujayralarning normal işlaşini ta'minlaydi.
Ruxning organ va töqimalardagi miqdori şu a'zolarning faoliyatida qançalik ahamiyatga egaligini bildiradi.
Ruxga boy bölgan a'zolar: gipofiz, köz tör pardasi, prostata bezi (150 mg dan oşiq), jigar, buyrak, muşak, soç, suyak (100 mg dan oşiq).
Boş miyadagi metallar içida rux va temir eng köp qismini taşkil etadi, ruxtemir indeksi 1 ga teng, boşqa a'zolarda bu nisbat ança past böladi.
Uglevodlar, yoğlar, oqsillar va nuklein kislotalar sintezi va parçalanişi organizmni rux bilan ta'minlanişiga bevosita boğliq.
Organizmdagi rux zaxirasining 20 foizi suyak töqimasida joylaşgan böladi. Ruxning suyak töqimasiga kiriş tezligi kalsiyga nisbatan yuqori böladi va suyak töqimasida muşak töqimasiga nisbatan uzoq saqlanadi.
Aniqlanişiça, rux kalsiy va fosfor sörilişini hamda almaşinuvini kuçaytiradi, şuningdek, kollagen tolalar sintezini ham kuçaytiradi. Bu esa teri elastikligini oşiradi va suyak yuzasini şakllanişini ta'minlaydi. Şuning uçun sink yetişmovçiligi osteoporoz rivojlanişiga olib kelişi mumkin.
Ruxning biologik ta'sirlari:
Antioksidant;
Oqsil, DNK, RNK sintezida;
Hujayrani bölinişi, ösişi va regeneratsiyasida;
Teri, tirnoq va soçlarning me'yorida ösişi;
Yaralarni bitişi va epitelizatsiya jarayonini tezlatadi;
Tana va skelet vaznini oşişida;
Ösiş gormoni, gonadotropin va kortikotropin sintezida;
Kaltsiy va fosfor almaşinuvi va sörilişida;
Mavzuga oid
Teri elastikligini ta'minlovçi kollagen tolalar hosil bölişida;
Böğim yuzasini şakllanişida;
Sariq doğ degeneratsiyasi va kataraktani oldini oladi;
Immunitetni oşiradi;
Ösmalarga qarşi (antikansirogen) ta'siri;
Insulin sintezida iştirok etadi va yoğ-uglevod almaşinuvini boşqarişda;
Miyaning normal faoliyati va eslab qoliş qobiliyatini kuçaytiriş uçun;
Iştaha va ta'm biliş sezgisini me'yorga keltiradi;
Qon işlab çiqarişda iştirok etadi va kamqonlikni oldini oladi;
Erkaklik gormoni – testosteronni işlab çiqarişida va sperma hosil bölişida;
Alkogolni organizmdan çiqarib taşlaşda;
Rux – kuçli tabiiy antioksidant.
Rux kuçli tabiiy antioksidant bölgan superoksidismutaza fermentini aktiv qismiga kiradi. Bu ferment organizmda doimiy paydo bölib turadigan, öta zararli bölgan superoksid erkin radikalini zararsizlantiradi.
Askorbin kislota rux bilan birga işlatilganda antioksidant ta'siri yana ham oşadi. Rux va askorbin kislotasining antioksidant xususiyati közda katarakta rivojlanişi hamda sariq doğ degeneratsiyasini oldini olişda işlatiladi.
Rux közning tör pardasida yiğilib, A vitaminining özlaştirilişiga yordam beradi. Köz tör pardasidagi retinol boğlovçi oqsil iş faoliyati ham ruxga bevosita boğliq.
Ruxning oqsil sintezidagi vazifasi
Rux elementi organizmda muhim biologik jarayonlar (oqsil, DNK va RNK sintezi, hujayralarni bölinişi, ösişi va regeneratsiyasi)da iştirok etadi. Ruxning bu xususiyati trofik va boşqa yaralarning bitişi hamda epitelizatsiyasida juda muhimdir.
Bundan taşqari, ruxning regeneratsiya jarayoni ketib turgan töqimada kollagen va oqsil sintezini kuçaytirişi, ateroskleroz va yurak işemik kasalligida ijobiy ta'sir körsatadi.
Rux insulin tarkibiga kirib, uning işlab çiqariş samaradorligini bildiradi. Qandli diabet kasalligi bor bemorlarda qondagi rux miqdori kam böladi va ruxning siydik bilan ajralişi kuçayib ketadi. Şuning uçun qandli diabet kasalligida rux yetişmovçiligi köp kuzatiladi.
Gormonlarga ta'siri
Gipofiz bezidan işlab çiqariladigan somatotropin, gonadotropin va kortikotropin gormonlarini sintez intensivligini hamda butun organizmdagi gormonal status bevosita ruxning miqdori bilan boğliq.
Homiladorlikda rux yetişmovçiligi kuzatilganda, tuğilajak gödakda gidrotsefaliya, umurtqa qiyşiqligi, turli çurralar va tanglay nuqsoni bölişi mumkin.
Tez ösuvçi bolalarda doim rux mikroelementini yetişmovçiligi kuzatiladi.
Quyida ba'zi kasalliklarda ruxning ta'sir mexanizmi haqida ma'lumotlarni keltirib ötamiz:
Tumov va gripp – askorbin kislota va sink immunitetni oşiruvçi eng kerakli tarkibiy qism. Tsink interferon (viruslarga karşi kuraşuvçi organizmda bor modda) va antitela (mikrobga qarşi kuraşuvçi modda) işlab çiqariş uçun kerak. Tsink – bu tabiiy immunomodulyator (immun tizimni kuçaytiruvçi)dir. Tsink mahalliy immunitetga javob beruvçi makrofaglarni faoliyatini oşiradi. Şuning hisobiga bola tez tuzaladi va kasallik qaytalanmaydi. Tsink immun tizimni barça zvenolariga kerak böladi. Şuning uçun OITS kasalligida ham işlatiladi.
Diareya – Butunjahon soğliqni saqlaş taşkiloti tavsiyasiga köra diareyada 14 kun davomida 10 mg dan sink preparatlarini berilganda diareya tez tuzaladi va qaytalanmaydi. Ta'siri: bevosita mikroblarni öldiradi, içak devoridagi mikrovorsinkalar (surgiçlar) tiklanişini tezlatadi.
Jigar kasalliklarida (gepatit va sirrozda) – sink jigardagi fermentlar tarkibiga kiradi. Ularni me'yorda işlaşi uçun sink moddasi kerak. Bu jigarninng detoksikatsiya (zahardan tozalaş) faoliyatini yaxşilaydi. Bundan taşqari, immunitetni oşirişi hisobiga virusga qarşi kuraşişiga yordam beradi.
Iştahani oşirişi – askorbin kislotasi va sink iştahani oşiradi va oşqozon içak faoliyatini yaxşilaydi. Tsink tildagi ta'm biliş va burundagi hid biliş retseptorlarini (sezuvçi nerv oxirlari) faoliyatini kuçaytiradi.
Turli qon ketişlar (baçadon, burun, öpka) – askorbin kislotasi qon-tomir devorini mustahkamlaydi va qon iviş jarayonini kuçaytiradi.
Prostata bezi kasalliklari – prostatit - prostata bezining yalliğlanişi, prostata adenomasi — prostata bezining xavfsiz ösmasi (kattalaşişi). Tsink organizmda 5 alfa reduktaza fermentini aktivligini pasaytiradi. Bu ferment erkaklik gormonini (testosteronni) xavfli şaklga (degidrotestosteron) aylantiradi. Degidrotestosteron prostata bezida adenomani rivojlantiradi. Demak sink adenomani patogeneziga (kasallik rivojlaniş mexanizmi) ta'sir qiladi va adenomani oldini olişda va davolaşda işlatiladi. Tsink mahalliy immunitetga javob beruvçi makrofaglarni faoliyatini oşiradi va prostatitning oldini olişga va davolaşga yordam beradi.
Bepuştlik – sink jinsiy gormonlarning va erkaklik uruğini (spermatozoid) xom aşyosi hisoblanadi. Tsink yetişmasa jinsiy baloğatga yetiş ortda qoladi, erkak jinsiy quvvati pasayadi (impotensiya), bepuştlikka olib keladi.
Qandli diabet – sink oşqozon osti bezi langergans hujayralarida insulinni sintezi (işlab çiqarilişi), töplanişi va ajralib çiqişida muhim ahamiyatga ega. Qandli diabet kasalligida sink moddasi siydik bilan normadagiga nisbatan 2—3 barobar köp çiqadi. Şuning uçun bemor doimiy sink preparatini qabul qilişi kerak. Köz gavharida kataraktani oldini oladi.
Jinsiy rivojlanişdagi patologiyalar (PMS, kriptorxizm, gipogonadizm, moyak gipotrofiyasi) – erkak va ayollik gormonlarini faoliyatini me'yorlaştiradi.
Akuşerlik va ginekologiya – Tsink ayol organizmidagi jinsiy gormonlarni me'yorlaştiradi va oy körişni, tuxum hujayra (follikula) yetişişini normallaştiradi.
Qöllaş usullari:
Kapsulalar: Kattalar sutkada 1 kapsuladan 1 mahal ovqatdan söng; Qiyom: 1-18 yoş sutkada 2,5 ml dan 1 mahal, kattalar sutkada 5 ml dan 1 mahal ovqatdan söng.
Zarurat bölganda qiyomni suv, çoy yoki şarbatda eritib qabul qiliş mumkin. Qabul qiliş kursi individual belgilanadi.