Rossiyaga turk sitrus mevalarining yetkazib berilişiga ötgan hafta start berildi. Bu haqida 1 noyabr, seşanba kuni Turkiya oziq-ovqat, qişloq xöjaligi va çorvaçilik vazirligining matbuot kotibi Umar Ekşi xabar berdi. Bu haqida RIA "Novosti" ma'lum qildi.
"Tsitrus mevalarining Turkiyadan Rossiyaga yetkazilişi ötgan haftada yölga qöyilgan", - dedi matbuot kotibi.
Joriy yilning oktabridan 2017 yilning martiga qadar Turkiya Rossiyaga 600 ming tonnadan ortiq sitrus mevalari yetkazib berişni rejalaştirgan. Bu haqida turk sitrus mevalari importi bilan şuğullanuvçi guruh prezidenti Ali Kovak "Interfaks"ga ma'lum qildi.
Bunga qadar Turkiyaning Rossiya sitrus bozoridagi uluşi 34,5 foizni taşkil qilgan. Rossiya aholisi yiliga 1,6 million tonna sitrus meva iste'mol qiladi. "Agar bunga uzum, anor, pomidor va boşqa mahsulotlarni qöşsak, 60 foizdan ortiq meva-sabzavot mahsuloti Turkiya tomonidan yetkazib berilgan, deyişimiz mumkin", - deydi Kovak.
25 oktabrda Rossiya Federal bojxona xizmati rahbari Vladimir Bulavin yaqin kunlarda Turkiyadan sitrus mevalarining yetkazib berilişi boşlanişini aytgandi.

















