Zimbabveda ovçilar botqoqqa botib qolgan filni qutqarib olişdi. Voqea Çirpunduda yuz bergan.
Uşbu holat tasvirlangan videodan körinişiça, filça botqoqqa ança vaqtdan beri botgan bölgan va ançagina kuçsizlanib qolgan. Odamlar uni aniqlaşganda u botqoqqa böynigaça botgan bölib, deyarli qimirlay olmay qolgan.
Professional qutqaruvçilarni kutib ötirişga vaqt bölmagan: filça kuçsizlanib qolgandan, hattoki xartumini botqoq ustida uşlab turişga holi bölmagan va u istalgan vaqtda böğilib qolişi mumkin bölgan.
Ovçilar avval filçani qölda arqon bilan tortib olişga harakat qilişgan, biroq bu foyda bermagaç, ular filçaning tanasi atrofida arqon ötkazib, uni jipda tortib olişgan.
Biroq şu bilan iş tugamagan. Botqoqdan çiqib olgan filça minnatdorçilik örniga, öz haloskorlariga hujum qilib qolgan.
Baxtli tasodif barçasi xayrli yakunlangan: filça ham, odamlar ham jabrlanişmagan.

















