Londonning «Tottenhem» jamoasi YeÇL guruh bosqiçining 4-turida «Bayyer»ga 0:1 hisobida yutqazdi.

Bu «şporlar»ning «Uembli» stadionidagi qatorasiga 6-uçraşuvda yutqazişi böldi.

Londonliklar oxirgi marta bu stadionda 2008 yili ğalabali uçraşuv ötkazgan, öşanda Angliya Ligasi kubogi finalida «Çelsi» taslim etilgandi (2:1). Şundan söng «Tottenhem» «Uembli»da 6ta uçraşuv ötkazib, «Mançester Yunayted», «Portsmut», «Çelsi» (2 marta) va «Monako» jamoalariga yutqazgandi.

 Bundan taşqari, «şporlar» joriy mavsumda barça turnirlarni hisobga olgan holda qatorasiga 6 uçraşuvda ğalaba neligini bilmayapti. Bunday seriya «Tottenhem» ustozi Mauricio Poçettino faoliyatida ilk marta röy berişi hisoblanadi.

Oxirgi marta londonliklar jamoasi 2 oktabr kuni, APL doirasida «Mançester Siti»ni öz maydonida 2:0 hisobi bilan yenggandi.