Turkiyaning janubi-şarqida joylaşgan Diyorbakir şahridagi politsiya mahkamasida sodir etilgan portlaş oqibatida halok bölganlar soni 8 nafarni taşkil qildi. Şuningdek, 100dan ortiq kişi jarohatlangan. Bu haqda mamlakat boş vaziri Binoli Yildirimga asoslanib, mahalliy naşrlar xabar tarqatdi.
Dastlabki xabarlarda, Diyorbakirda hibsga olingan kurdparast deputatlar keltirilgan politsiya mahkamasida kuçli portlaş sodir etilişi tufayli bir kişi halok bölib, 30 kişi jarohatlangani aytilgandi.
3 noyabr kuni hibsga oliş işlari bir vaqtning özida Anqara, Diyorbakir va boşqa şaharlarda olib borilgan.
Oxirgi ma'lumotlariga köra, parlamentning 11 deputati qölga olingan, qölga olinişi kerak bölgan yana 2 deputat xorijda.













