Iqtisodiyot | 07:36 / 05.11.2016
4706
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh banklariga Shimoliy Koreyada hisob raqamlar ochish taqiqlandi

Foto: Getty Images

AQSh rahbariyati moliya vazirligi Shimoliy Koreyaga kiritgan yangi sanksiyalar doirasida AQSh banklariga Shimoliy Koreyada hisob raqamlar ochishni taqiqladi, deb ma'lum qilindi AQSh moliya vazirligi rasmiy saytida.

"Amerika moliya institutlariga Shimoliy Koreya banklarida muxbirlik hisob raqamlarini ochish va qo‘llab-quvvatlash taqiqlanadi hamda AQSh idoralaridan Shimoliy Koreya moliya institutlariga AQSh muxbirlik hisob raqamlariga bilvosita kirishga imkon bermaslik uchun qo‘shimcha audit choralari o‘tkazishni talab qiladi", deyildi xabarda.

AQSh moliya vazirining terrorchilik va moliyaviy razvedka masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Adam Shubinning aytishicha, Shimoliy Koreya hukumati noqonuniy moliyaviy tranzaksiyalarni amalga oshirish uchun soxta kompaniyalar va agentlar xizmatlaridan foydalanmoqda.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid