
Abdulla Oripov 1941 yil 21 martda Qaşqadaryo viloyati Koson tumani Neköz qişloğida dunyoga keldi. 1958 yilda örta maktabni oltin medal bilan tamomlagan Oripov Toşkent Milliy universitetining jurnalistika fakultetiga öqişga kirib, uni ham 1963 yilda imtiyozli diplom bilan yakunlaydi. «Yoş gvardiya» (1963-69), Ğafur Ğulom nomidagi Adabiyot va san'at naşriyotlarida muharrir (1969-74), «Şarq yulduzi» jurnalida adabiy xodim, bölim mudiri (1974-76), Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasida adabiy maslahatçi (1976-82), mas'ul kotib (1985-88), Toşkent viloyat bölimida mas'ul kotib (1982—83), «Gulxan» jurnalida muharrir (1983-85), 1996 yildan Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisi, ayni vaqtda, Özbekiston Respublikasi Mualliflik huquqini himoya qiliş davlat agentligi raisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.


Şoir va jamoat arbobi, Özbekiston xalq şoiri Abdulla Oripovning «Tilla baliqça», «Men neçun sevaman Özbekistonni» singari dastlabki şe'rlari talabalik yillarida yozilgan va özbek şe'riyatiga yangi, iste'dodli, öziga xos ovozga ega şoirning kirib kelayotganidan darak bergan. Köp utmay, «Mitti yulduz» (1965) ilk şe'rlar töplamining naşr etilişi şe'riyat muxlislarida paydo bölgan şu dastlabki tasavvurning töğri ekanligini tasdiqlagan. Şundan keyin şoirning «Közlarim yölingda» (1966), «Onajon» (1969), «Ruhim», «Özbekiston» (1971), «Xotirot», «Yurtim şamoli» (1974), «Yuzma-yuz», «Hayrat» (1979), «Najot qal'asi» (1981), «Yillar armoni» (1983), «haj daftari», «Munojot» (1992), «Saylanma» (1996), «Dunyo» (1999), «Şoir yuragi» (2003) singari şe'riy kitoblari naşr etilgan.

















