Kurdlarning peşmerga harbiy bölinmalari Iroqning Baaşika şahriga kirdi, deb xabar qilmoqda Rudaw agentligi. Mösuldan 13 kilometr şimoli-şarqdagi şahar IŞID jangarilari tomonidan egallab olingan edi.
Peşmerga jangçilari 7 noyabr kuni Baaşika şahriga yurişni boşlagani haqida avval xabar qilingan edi. Agentlik ma'lumotlariga köra, AQŞ yetakçiligidagi koalitsiya samolyotlari hujumga tayyorgarlik doirasida IŞID egallab turgan pozitsiyalarga havo zarbalari bergan.
Peşmerga kuçlari dala komandiri Sihad Barzaniyning aytişiça, şaharda şuningdek, IŞID örinlariga artilleriya zarbalari ham berilmoqda. Hujum vaqtida 11 nafar terrorçi öldirilgan. Yana ikki nafari asir olingan. Bundan taşqari, beş nafar hudkuş terrorçi peşmerga kuçlari yaqinida portlovçi belboğlarni harakatga keltirgan. Kurdlarning harbiy bölinmalari orasida jabrlanganlar haqida xabar qilinmayapti.
Koalitsiya samolyotlari peşmergani havodan qöllab-quvvatlayotgani xabar qilinmoqda. Kurd jangçilarining taxminlariga köra, şaharda IŞIDning 40-50 nafar jangarisi qolayotgan bölişi mumkin. Şuningdek, şahar kun nihoyasigaça işidçilardan töliq ozod etilişi kutilayapti.

















