Rossiyaning Boşqirdiston respublikasidagi Yamaş qişloğidagi maktab öquvçilari yölga yovvoyi va yirtqiç hayvonlardan himoyalaniş maqsadida bolta bilan qurollangan holda çiqişiga töğri kelmoqda. Bu haqda «Mediakorset» xabar bergan.

Qişloqda maktab yöqligi tufayli bu hududda istiqomat qiluvçi bolalar 10 km masofadagi qöşni qişloqqa qatnaşlariga töğri keladi. Qöşni qişloq yölida öquvçilar örmon içidan ötişi kerak böladi va har ehtimolga qarşi ota-onalar bolalarini bolta bilan qurollantirgan holda yölga kuzatmoqda.

Burzyansk tumani ma'muriyati bu hodisaga izoh bera turib, hozirça bu muammoning optimal yeçimi topilmaganini aytgan.

"Yöllar nişabligi tufayli bu yölda avtobus qatnay olmaydi. Biz ota-onalar va öqituvçilar bilan gaplaşib, muammoni hal qilamiz. Ular bolalarni maktabga kuzatib borişda navbatçilik taşkil qilişadi", degan ma'muriyat vakili.

Vladimir Şiçinov naşrlardan biriga bergan intervyusida yovvoyi hayvonlarga qarşi oddiy bolta bilan qarşilik körsatişning iloji bölmasligini aytib ötgan.

Hudud böyiça bolalar huquqlari uçun mas'ul bölmiş Milana Skorobogatova esa bu haqida eşitmaganini aytgan. U voyaga yetmaganlarning xavfsizligini ta'minlaş işlari bilan tegişli muassasalar şuğullanişini ta'kidlagan.

Prokuratura bu işni tekşiradi.