Ayollar va erkaklar örtasida genetik jihatdan to hujayra darajasigaça çuqur tafovutlar mavjud. Rossiyaning Eksperimental tibbiyot instituti va S.M.Kirov nomli Harbiy-tibbiy akademiya olimlari bu borada izlaniş olib borişdi. Journal of Neuroscience Research şu haqida ma'lumot berdi.
Mutaxassislar galanin oqsilini kodlovçi gendagi mutatsiyalarning qanday qilib erkaklardagi parişonxotirlikka ta'sir körsatişi mumkinligini örganib çiqişdi. Olimlar bundan avval olingan natijalarga tayanişdi - unga köra, parişonxotirlikdan vafot etgan kişilarning miya namunalarida mazkur oqsilning yuqori konsentratsiyasi mavjud bölgan. Tadqiqot davomida ular soğlom va xasta kişilar örtasida genlarning nisbatan faol va nofaol variantlarini qiyoslaşgan.
Tadqiqotlarda parişonxotirlik taşxisi qöyilgan 111 nafar bemor (şu jumladan 69 ayol) iştirok etdi. Nazorat guruhida autoimmun kasallikka çalinmagan 115 kişi (50 nafar ayol) bölgan. Mazkur guruhlardagi kişilarning örtaça yoşi statik jihatdan farq qilmagan.
Dastlab olimlar soğlom va xasta iştirokçilar orasida heç qanday farqni körişmagan. Biroq parişonxotirlikka yöliqmagan erkaklarda genning nisbatan nofaol varianti çastotasi soğlom ayollarga qaraganda ikki barobar past bölgan. Bu jihat erkaklarning ayollarga nisbatan parişonxotirlikka köproq moyil ekanligini körsatgan, biroq şu bilan birga kasallik rivojini sekinlaştirgan.
Olimlarning sözlariga köra, insonning jinsi uning asab tizimidagi tafovutlarni belgilab berişi körsatilgan. Tadqiqot natijalari parişonxotirlikni davolaşda har bir insonga alohida yondaşiş strategiyasini rivojlantirişga yordam beradi.

















