Intel korporatsiyasi bir vaqtda boşqariluvçi dronlar soni böyiça öziga tegişli bölgan avvalgi yilgi rekordini yangiladi. Ötgan yili korporatsiya tungi yoruğlik şousini taşkil etgandi, uning davomida yoruğlik diodlari bilan jihozlangan yuzta dron osmonda turli şakllar, jumladan Intel logotipini hosil qilgan. Bir yil ötmay kompaniya muhandislari kvadrokopterlarni sinxron boşqariş algoritmini takomillşaştirişdi. Natijada yangi şouda 500 ta Intel Shooting Star droni iştirok etdi. Bu holat Ginness rekordlari kitobi vakillari tomonidan dronlar iştirokidagi eng ommaviy tomoşa sifatida rasman qayd qilindi.

Intel’ning aytişiça, endi istalgan odam öziga dronlar "galasini" xarid qilib, özining şousini uyuştirişi mumkin.

Shooting Star modeli köngiloçar tadbirlarda işlatiliş uçun maxsus loyihalangan. U 280 gramm kelib, suv tuşişidan himoyalangan korpusda işlangan. U buning evaziga hattoki yoğingarçilik vaqtida işlatilişi mumkin. Dronning maksimal uçiş davomiyligi 20 daqiqaga, uzoqligi esa 1,5 km ga teng. Dron "deyarli çeksiz" rang kombinatsiyalarini akslantiradigan 4 ta yoruğlik diodi bilan jihozlangan. Ta'kidlanişiça, u 4 mlrd gaça rang kombinatsiyalarini akslantira oladi, bu esa tadbir taşkilotçilariga ijod qiliş uçun keng imkoniyat beradi.

Dron maxsus dastur bilan yetkazib beriladi. Bu dastur dronning osmondagi harakatlanişini avtomatlaştirişga imkon beradi. Dastur Intel tomonidan sotib olingan MAVinci GmbH kompaniyasi iştirokida yaratilgan. Bu dastur osmondagi barça dronlardan muayyan bir şakl hosil bölişi uçun har bir dronga öz uçiş yönalişini beradi. Dastur şunçalik mukammalki, önta muhim özgaruvçini hisobga oladi. Misol uçun, u dron akkumulyatorida qolgan quvvatga qarab, dron energiyasini tejaş maqsadida uning "gala" içidagi holati va optimal yönalişini hisoblab çiqa oladi. Dronlarning bir-biriga nisbatan joylaşuvi GPS va boşqa bir qator körsatkiçlar yordamida kuzatib boriladi. Dronlar şunday loyihalanganki, agar nimadir notöğri ketib, ular töqnaşib, yerga tuşib ketsa ham şikastlar minimal böladi.

Kompaniya vakillarining aytişiça, avval havoda yoruğlik şousini taşkil qiliş hattoki tajribali professionallarda ham bir neça hafta vaqt olgan bölsa, endi buni sanoqli daqiqalar içida amalga oşiriş mumkin.