Gollandiyada istiqomat qiluvçi Mats Valk Indoneziyadagi Jawa Timur Open 2016 çempionatida Rubik kubigini yiğiş tezligi böyiça yangi dunyo rekordini örnatdi. Daily Mail naşri şu haqida ma'lum qildi. 

20 yoşli Valk kubikni yiğişga 4,74 soniya sarfladi. Bu natija avvalgi dunyo rekordçisi - amerikalik Lukas Etter tezligiga qaraganda 0,164 soniyaga kamdir. 

Bundan avval - 2013 yilda ham gollandiyalik bu yigit rekord natijaga erişgandi. Öşanda u Rubik kubigini 5,55 soniyada yiğişga muvaffaq bölgandi. 

2016 yilning fevralida amerikalik iqtisodçi Adam Bir tomonidan yaratilgan robot kubikni atigi 0,887 soniyada yiğa olgan.