SVOJJDLQK departamentining Muzrabot tuman bölimi xodimlari tomonidan ötkazilgan tekşirişda tuman yöl xöjaligi pudrat ta'minlaş-foydalaniş korxonasi boşliği I.Jöraboyev (ism-familiyalar özgartirilgan) “Surxondaryoavtoyöl” xöjalik yöl foydalaniş taşkiloti, “Surxon Termiz Elektro” xususiy korxonasi, “Janubiy xalqaro davlat ahamiyatidagi avtomobil yöllarini saqlaşga ixtisoslaştirilgan ta'mirlaş foydalaniş korxonasi”ning mansabdor şaxslari bilan özaro jinoiy til biriktirib, mansab mavqeini suiiste'mol qilganligi ma'lum böldi. Bu haqda “Huquq” naşri yozmoqda.
Jumladan, bu kimsalar 2015 yil davomida hududdagi bir neça yöllarni joriy ta'mirlaş jarayonida amalga oşirilgan işlarga aslida bajarilmaganlarini ham qöşib yozib, hujjatlarga soxta yozuvlar kiritgan holda, 32 mln sömlik byudjyet mablağlarini özlaştiriş yöli bilan talon-taroj qilişgani aniqlandi.
Şuningdek, I.Jöraboyev 2014-2015 yillar davomida korxona balansida bölgan MAN avtomaşinasidan öz manfaatlari yölida foydalanib, davlat manfaatlariga 87,4 mln söm zarar yetkazgani ham tekşirişda öz tasdiğini topdi.
Mazkur holat yuzasidan I.Jöraboyev va uning şeriklariga nisbatan jinoiy iş qözğatilib, sud tomonidan qonuniy jazo tayinlandi.















