10-11 noyabr kunlari Toşkentda "Fundamental va amaliy fizika rivojida yangi tendensiyalar: muammolar, yutuqlar, istiqbollar" nomli xalqaro simpozium bölib ötadi. Bu haqida ÖzA naşri xabar berdi.
Butun dunyo olimlarining ta'kidlaşiça, örta asrdagi Şarq Uyğoniş davri xususiyatlari aniq fanlar - matematika, astronomiya, fizikaning rivojida namoyon böldi.
Mustaqillik yillarida boşqa ilmiy yönalişlar bilan birga fizik va astronomlarga ham rivojlangan mamlakatlar tadqiqotçilari bilan hamkorlikni mustahkamlaş hamda ilmiy tadqiqotlarni kengaytiriş uçun katta imkoniyatlar yaratildi.
10-11 noyabr kunlari poytaxtimizda bölib ötadigan simpozium fundamental va amaliy fizika masalalari bilan bir qatorda özbek fizika maktabi salohiyatini yana bir bor xalqaro miqyosda namoyiş qiliş imkonini beradi.
Manbaga köra, xalqaro simpoziumda tört yönalişdagi (nazariy fizika, astrofizika, eksperimental fizika, qayta tiklanuvçi energiya manbalari va yangi materiallar) muammolar, yutuqlar va istiqbollar muhokama qilinadi. Mazkur tadbirda 200dan ortiq xorijiy olimlar va tadqiqotçilar qatnaşişi kutilmoqda.

















