Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh prezidenti saylovi kunida neft narxi tushib, oltin narxi ko‘tarildi
AQShda boshlangan prezident saylovi yakunlari kutilayotgani bois bozorda boshlangan beqarorlik tufayli neft narxi tushdi. Dastlabki natijalar e'lon qilinishi, ya'ni respublikachilar nomzodi Donald Tramp ustunlik qilayotgani fonida 2016 yilning avgustidan buyon Brent markasidagi neft narxi 1 barreli uchun 45 dollardan ham pastga tushgan.
Toshkent vaqti bilan soat 07:36da Brent nefti narxi barreliga 44,8 dollarni tashkil qilgan. Savdolar ochilgach, narxlar 2,2 foizga tushgan. WTI nefti esa 3 foizga tushib, bir barreli 43,6 dollarni tashkil qilmoqda.
Oltin narxi esa qimmatlashib, untsiyasi uchun 33 dollarga yetgan (2,63 foiz).
Bu hafta AQSh prezidentliliga saylov neft bozori uchun OPeK signallaridan ko‘ra muhimroq voqeadir, deb yozadi The Wall Street Journal. Donald Trampning g‘alabasi neft narxining tushishiga olib kelishi, Hillari Klintonning g‘alabasi esa neft bozorini qo‘llab-quvvatlashi kutilayotgandi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Tramp zarur 270ta ovozdan 244tasiga ega bo‘ldi, Klintonda 209ta.
The New York Times nashri ilk marta respublikachilar g‘alabasi ehtimolini 50 foizdan yuqori baholadi.
Mavzuga oid
18:30 / 25.01.2026
Afg‘onistondan keltirilgan oltinlar Surxondaryoda qayta ishlanmoqda
15:49 / 23.01.2026
1 gramm uchun 161 dollar. Oltin narxi yana keskin qimmatlashishni boshladi
16:12 / 20.01.2026
Oltin va kumush narxi tarixiy eng yuqori ko‘rsatkichga ko‘tarildi
14:12 / 18.01.2026