"O‘ylashimcha, biz Amerika tashqi siyosati haqida kelajakda oldindan bir narsa deb bo‘lmasligiga tayyor turishimiz kerak, - dedi u. - Shu bilan birga, Amerikaning ko‘proq yolg‘iz qaror qabul qilishga moyil bo‘lishiga ham".
Shtaynmayyer AQSh saylovlari natijasi Germaniya kutganidek bo‘lmaganini ta'kidlab o‘tdi.
"Men AQShdagi saylov oldi poygalarining borishidan tashvishda edim. Natija GFRda aksariyat kutganidan farq qiladi, uni inobatga olmasdan iloji yo‘q. Albatta, biz uni hurmat qilishimiz kerak va shunday qilmoqdamiz ham", - dedi u.











