Davlatlar hamda xalqaro taşkilotlar rahbarlari AQŞ prezidenti etib saylangan Donald Trampga öz tabriklarini yöllaşmoqda. 

NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg Trampni qutlab, u bilan tez kunlarda uçraşişni intizorlik bilan kutayotganini ma'lum qildi va transatlantik aloqalarning muhimligini yodga soldi. 

Yevroparlament rahbari Martin Şults esa AQŞning yangi saylangan prezidenti "Yevroittifoqning barça institutlari ehtiromiga loyiqligi"ni ta'kidladi. 

Öz navbatida, Ukraina boş vaziri Vladimir Groysman amerikaliklarni yangi prezident saylanganligi bilan tabrikladi hamda "yangi ma'muriyat Ukrainani qöllab-quvvatlaşda davom etişi"ga umid bildirdi. 

Şuningdek Trampga Buyuk Britaniya, Ispaniya, Vengriya, Turkiya, Misr, Yaponiya va boşqa köplab mamlakatlardan tabriklar kelib tuşmoqda. 

Barak Obamani haqorat qilgan Filippin prezidenti Rodrigo Duterte esa "Trampni ğalaba bilan çin dildan qutlaş istagi" haqida ma'lum qildi. 

Bundan avval Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Trampga tabrik telegrammasi yuborgani hamda ikki mamlakat örtasidagi munosabatlarni ijobiy tomonga özgartirişga umid bildirgani töğrisida xabar berildi. 

9 noyabr, çorşanba kuni respublikaçi Donald Tramp saylovçilarning yetarliça ovozini töplab, AQŞ prezidenti saylovlarida ğalaba qozondi. Tramp Hillari Klintonning unga qönğiroq qilgani va saylovlardagi mağlubiyatini tan olgani haqida ma'lum qildi.