Noma'lum kishi Afinadagi Fransiya elchixonasiga granata uloqtirgan, bir nafar politsiya xodimi yaralangan.
Ikki noma'lum kishi, mototsiklda bino yonidan o‘tgan va u yerga qarata granata uloqtirgan. Bu haqda Afina yangiliklar agentligi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, granata elchixonaga kirish yo‘lida portlagan va oqibatda bir nafar politsiya xodimi jarohatlangan.










